Toshkentda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan Otliq kavaleriya paradi o‘tkazildi
2025-12-06 19:30:00 / Yangiliklar
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Otliq kavaleriya paradi tashkil etildi.

Tantanali marosimda Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalarining otliq kavaleriya eskadroni hamda harbiy orkestr ishtirok etdi.
Shaharning kuch tuzilmalariga mansub otliq bo‘linmalar to‘liq anjom bilan Milliy gvardiya boshchiligida Amir Temur xiyoboni bo‘ylab yurish qildi.
Milliy birlik va vatanparvarlikni aks ettiruvchi bu yorqin yurish poytaxt aholisi va mehmonlariga unutilmas taassurotlar va bayramona kayfiyat ulashdi.




