Budapesht shahrining markaziy ko‘chalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid videolavhalar namoyish etildi
2025-12-11 09:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan targ‘ibot aksiyasi doirasida Budapesht shahridagi eng taniqli turistik hududlarida, shuningdek, avtomagistral, aeroport va vokzal yo‘nalishlarida joylashtirilgan elektron ekranlar orqali ko‘rsatilgan videolavhalar shahar aholisi va mehmonlarini yurtimizdagi qadimiy obidalar, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy kentlarimizning boy merosi hamda yaratilgan zamonaviy turistik infratuzilma bilan yaqindan tanishtirdi.
Ushbu targ‘ibot aksiyasi Yevropada O‘zbekistonning jozibador, xavfsiz va zamonaviy turistik yo‘nalish sifatida tanilishini sezilarli darajada oshishi hamda Vengriya va unga qo‘shni davlatlardan keluvchi sayyohlar oqimini barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.






