O‘zbekistondagi mehmonxona ilk bor nufuzli MICHELIN Key mukofotiga sazovor bo‘ldi
2025-12-04 09:25:00 / Yangiliklar

Mazkur islohotlar samarasining ko‘rinishlaridan biri O‘zbekistonda birinchi bor dunyodagi eng nufuzli mehmondo‘stlik ramzlaridan biri — MICHELIN Key xalqaro mukofoti topshirildi. Bu yutuq nafaqat alohida obyekt yoki xizmat ko‘rsatuvchi subyektning muvaffaqiyati, balki mamlakatning butun sayyohlik sohasi jadal rivojlanayotganini tasdiqlovchi muhim voqea bo‘ldi.
MICHELIN Key mukofotining “InterContinental Tashkent” mehmonxonasiga berilishi O‘zbekistondagi xizmat ko‘rsatish darajasi xalqaro standartlarga mos kelishini va muntazam ravishda yuksalib borayotganini tasdiqlamoqda. Erishilgan yutuq mamlakatimizda turizm infratuzilmasidagi keng ko‘lamli islohotlar va sohani professionallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning natijasi hisoblanadi.
Mamlakatda MICHELIN Key tomonidan e’tirof etilgan birinchi obyektning paydo bo‘lishi xorijiy mehmonlarning ishonchini kuchaytiradi, O‘zbekistonning jahon sayyohlik xaritasidagi o‘rnini mustahkamlaydi hamda yuqori darajadagi sayyohlik bozorining o‘sib borayotgan imkoniyatlariga e’tiborni jalb etadi.
Ushbu mukofot O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va uni zamonaviy hamda mehmondo‘st sayyohlik yo‘nalishi sifatida yanada ilgari surish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
