“Etno o‘yinlari festivali” g‘oliblari taqdirlandi
2025-12-01 15:55:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida tashkil etilgan 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida “Etno o‘yinlari festivali” o‘tkazildi. Festivalda mamlakatimizda qadimdan mavjud bo‘lgan bir qator sport turlari bilan bugungi kunda ham shug‘ullanib kelayotgan sportchilar qatnashdi.

Unda kamondan otish, turon yakka kurashi, arqondan tortish, milliy qilichbozlik, qarab tep kabi sport turi bo‘yicha ishtirokchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Shuningdek, festival doirasida 29-30-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Chavandozlar maktabi” maydonlarida “Kamondan o‘q otish” sporti bo‘yicha ochiq musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada sportchilar erkaklar va ayollar toifasida jamoaviy va yakka tartibda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqaning yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar kuboklar, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.






