TXTY-2025 doirasida “Etno o‘yinlari festivali” bo‘lib o‘tmoqda
2025-11-29 18:25:00 / Yangiliklar

Dastlab, xalqaro ko‘rgazma ochilish marosimi munosabati bilan “Etno o‘yinlari festivali” ishtirokchilarining tantanali yurish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda qadimdan mavjud bo‘lgan – bir qator sport turlari bilan bugungi kunda ham shug‘ullanib kelayotgan sportchilar qatnashdi.
Shundan so‘ng, kamondan otish, turon yakka kurashi, arqondan tortish, milliy qilichbozlik, qarab tep kabi sport turi bo‘yicha ishtirokchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Shuningdek, festival doirasida 29-30-noyabr kunlari “Kamondan o‘q otish” sporti bo‘yicha ochiq musobaqa tashkil etilmoqda. Toshkent shahridagi “Chavandozlar maktabi” maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ertaga taqdirlanadi. Musobaqaning yakuniy kunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun alohida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.





