TXTY doirasida O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
2025-11-29 16:00:00 / Yangiliklar
“Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, o‘zaro sayyohlik dasturlarini rivojlantirish, aviaqatnovlarni kengaytirish, ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlash, rossiyalik sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda sayyohlik almashinuvini ko‘paytirish va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish uchun muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.


