Xorazm viloyati delegatsiyasi “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda
2025-11-28 16:45:00 / Yangiliklar

Stendda Xorazmning qadimiy shaharlari, jumladan Xiva va Urganchning turizm yo‘nalishlari keng yoritilgan. Mehmonlar mahalliy hunarmandlar ishlari va amaliy san’at namoyishlari orqali viloyatning madaniy boyligi va tarixiy merosini his etish imkoniga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, Ichan Qal’a me’moriy yodgorligining maketi stend mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Yarmarka davomida Xorazm delegatsiyasi xorijiy turkompaniyalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar ham o‘tkazmoqda. Qo‘shma loyihalar, turistik marshrutlarni rivojlantirish va xalqaro sayyohlarni jalb etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mehmonlar Xorazmning tabiiy go‘zalligi, madaniy an’analari va zamonaviy turistik yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xorazm viloyatining yarmarkadagi ishtiroki hududning turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga va O‘zbekistonning umumiy turistik salohiyatini yanada namoyish etishga hissa qo‘shmoqda.









