Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi
2025-11-25 10:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Standartlar institutining 2025-yil 23-oktyabrdagi 127/XSt-son buyrug‘i bilan O‘zMSt ISO 21620:2025 (ISO 21620:2021, IDT) “Turizm va unga bog‘liq xizmatlar. Madaniy meros mehmonxonalari. Jihozlash va xizmat ko‘rsatishga doir talablar” xalqaro standarti tasdiqlandi va davlat ro‘yxatiga olindi. Mazkur standart O‘zbekiston Standartlar instituti tomonidan Turizm qoʻmitasi qoshidagi STQ 9 “Turizm sohasida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita” bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Ushbu standart tarixiy yoki madaniy meros obyektlarida joylashgan mehmonxonalarni jihozlash va ularda koʻrsatiladigan xizmatlarga oid talablar hamda tavsiyalarni belgilaydi. Standartning asosiy maqsadi — tarixiy obyektlar yoki madaniy meros binolarini asrab-avaylash va ulardan turizm sohasida samarali foydalanish uchun moslashtirishdan iborat.
Standart joriy yilning 23-noyabrdan amalga joriy etildi.
