Euronews bilan O‘zbekiston an’analari bo‘ylab sayohat
2025-11-21 16:30:00 / Yangiliklar

Dasturda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning turli mintaqalarida madaniy an’analar kundalik hayotda - mahalliy ansambllarning chiqishlari, bayram tadbirlari va ijodiy maktablar faoliyati orqali yashashda davom etmoqda. Bu amaliyotlar sayyohlik tajribasining muhim qismiga aylanib, mamlakat mehmonlariga O‘zbekistonni nafaqat tarixiy yodgorliklar orqali, balki avlodlarni birlashtiruvchi va har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi jonli san’at orqali ham ko‘rish imkonini beradi.
Ko‘rsatuv O‘zbekistonning turistik imidjini mustahkamlashga xizmat qilib, uning boy madaniy an’analariga va ularning mamlakatning zamonaviy taraqqiyotidagi roliga e’tiborni tortadi. Musiqiy va raqs yo‘nalishlarining xilma-xilligini namoyon etar ekan, dastur O‘zbekiston madaniyati — bu dunyoga ochiq, dinamik meros ekanini va u butun dunyo sayyohlarini qiziqtira oladigan, ilhomlantira oladigan boylik ekanini ko‘rsatadi.
