Euronews O‘zbekiston tog‘ manzaralari va turizmi haqida
2025-11-17 16:10:00 / Yangiliklar
Euronews telekanali “Ipak yo‘li sarguzashtlari” ko‘rsatuvining bir sonida tomoshabinlarni O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismiga sayohatga taklif etadi. Bu hududda Toshkentdan atigi ikki soatlik masofada go‘zal tog‘ manzaralari va zamonaviy sayyohlik dam olish maskanlari joylashgan. Tog‘ cho‘qqilari va musaffo suv havzalari bu hududni mamlakatning eng jozibador tabiat go‘shalaridan biriga aylantirgan.

Ko‘rsatuvda O‘zbekistonning turli xil tabiiy va sayyohlik manzillari, jumladan, mashhur dam olish joylari, zamonaviy tog‘ kurortlari hamda an’anaviy turmush tarzi va tabiat bilan uyg‘unlik saqlanib qolgan shinam qishloqlar namoyish etilgan. Bu manzillar mintaqadagi hordiq chiqarishning xilma-xilligini aks ettiradi - faol dam olishdan tortib go‘zal manzaralar qo‘ynida sokin vaqt o‘tkazishgacha.
Bu kabi materiallarning e’lon qilinishi O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi, yangi hududlarga e’tiborni jalb etadi, mamlakatning rang-barangligi va mehmondo‘stligini ta’kidlaydi.
