Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkazildi
2025-10-22 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbir “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq amalga oshirildi.
Ushbu kun Sport vazirligi va tizim tashkilot xodimlari ishga jamoat transportlarida kelishdi.
Maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.
Barchani "Avtomobilsiz kun"ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmiz.


