"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar my.sport.uz orqali qabul qilinadi
2024-04-01 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Sport sinovlarini topshiruvchilar my.sport.uz platformasidan ro'yxatdan o'tgan holda sport sinovlarini topshiradilar.
📲 Sport sinovlarini topshirish jarayonida elektron ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar ID-raqami bo'yicha platformada baholanadi va natijasiga ko'ra shaxsiy kabinetiga elektron sertifikatlar yuboriladi.
❗️12-mart kunidan boshlab 7-18 yoshdagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinmoqda shu sababli ular my.sport.uz platformasidan ro'yxatdan o‘tkazilmoqda.
🏫Sport sinovlari umumiy o'rta ta'lim maktablarida qabul qilinmoqda.
Web-Sayt (https://gov.uz/sport/) | Telegram (https://t.me/Minsportuz) | Facebook (http://fb.com/MinistrySportUz) | Instagram (http://instagram.com/minsportuz) | Youtube (http://bit.ly/30pICdW)
