"Chimgan challenge-2024” sport festivali o'tkazildi
2024-02-29 16:30:00 / Yangiliklar

"Chimgan challenge-2024” sport festivali oʻsib kelayotgan avlodni sogʻligini mustahkamlash, bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilish, darslardan tashqari vaqtlarda bolalar bilan ommaviy sport musobaqalari va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish va aholining keng qatlamlari orasida ham qishki sport turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Ushbu festivalga 140 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlardan 135 nafar sport targʻibotchilari sport musobaqalarda ishtirok etishdi.
Chimgan challenge-2024” sport festivalida oʻquv seminar treninglar hamda sportning mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi turlari boʻyicha vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan sport targʻibotchilari oʻrtasida oʻtkazildi.
“Chimgan challenge-2024” qishki sport festivali ishtirokchilari boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlarning Sport targʻibotchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Mazkur muloqotda Sport vaziri oʻrinbosari Durdona Raximova ishtirok etdi.
Muloqot davomida bildirilgan takliflar asosida mart oyi Sport vazirligi tizimida “Sport targʻibotchi”larining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash” oyligi etib belgilandi.
Shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarning xodimlari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari, har ikki haftada bir marotaba dam olish kunlarida “Sport hamma uchun” koʻngil ochar sport tadbirlari tashkil etilishi hamda har bir tashkilotning ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha kalendar rejalari ishlab chiqilishi belgilab olindi.
Bundan tashqari sportning Voleybol musobaqalarida koʻplab jamoalar ishtirok etdi va yakunda eng kuchlilar shohsupadan joy oldi.
Jumladan, 1-oʻrinni Lochin jamoasi, 2-oʻrinni Burgutlar jamoasi hamda 3-oʻrinni Burgutlar jamoasi band etishdi.
Mini-futbol musobaqalarida 1-oʻrinni Semurg jamoasi, 2-oʻrinni Zomin jamoasi hamda 3-oʻrinni Sport vazirligi jamoasi band etishdi.
Stritbol musobaqalarida 1-oʻrinni Burgutlar jamoasi, 2-oʻrinni Energetik jamoasi hamda 3-oʻrinni Sport boshqarmalari jamoasi band etishdi.
Stol tennis boʻyicha ayollar oʻrtasida 1-oʻrinni Nurmatova Rohatoy (Fargʻona viloyati Sport boshqarmasi), 2-oʻrinni Toshmuratova Nargiza (Yoshlar ittifoqi) hamda 3-oʻrinni Afanaseva Yuliya (“Uzbekistan Airways”) band etishdi.
Gʻoliblarga qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
