Sport vaziri Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi
2025-02-20 15:00:00 / Yangiliklar

Sport vaziri Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Sport vaziri tomonidan so‘nggi yillarda yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.




