Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan "Hamkorlik memorandumiI" imzolandi.
2025-02-07 09:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-392-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda maktab o‘quvchilari uchun sport sohasida bir qator yangi imkoniyatlar yaratilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni ijrosi yuzasidan bugun Bekobod shahar Sport maktabi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim vazifalar ijrosi yuzasidan "Hamkorlik memorandumi" imzolandi.



