Davlat-xususiy sheriklik asosida taklif etilayotgan obyektlar taqdimoti davom ettirilmoqda: Buxoro viloyati
2025-02-04 18:30:00 / Yangiliklar

Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sport vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida taklif etilayotgan obyektlar taqdimoti o’tkazildi.
Tadbir davomida Buxoro viloyatidagi 14 ta jismoniy tarbiya va sport obyektlari xususiy tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun taklif etildi.
Shuningdek, taqdimot doirasida xususiy tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga aniqlik kiritilib, sport sohasida xususiy tashabbus bildirish tartib-taomillari bo’yicha tushuntirishlar berildi

