Sport vazirligi tizimidagi sport muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zarur bo‘lgan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha elektron tender savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risida eʼlon
2024-10-29 09:20:00 / Yangiliklar

Sport vazirligi tizimidagi sport muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zarur bo‘lgan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha elektron tender savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risida eʼlon
1 Umumiy qoidalar.
1.1 Ushbu Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-684-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan
1.2 Tender predmeti: Sport vazirligi tizimidagi sport muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zarur bo‘lgan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish.
1.3 Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2024 yil
11 sentabrldagi 01/1362-A/F-sonli buyrug‘i
1.4 Tenderning boshlang‘ich narxi:
7 181 250 000,00 QQS siz
8 043 000 000,00 QQS bilan:
Tender taklifida ko‘rsatilgan narxlar boshlang‘ich narxdan oshmasligi kerak.
1.5 Xarid komissiyasining majlislari xarid komissiyasi a’zolari hozirligida yuzma-yuz o‘tkaziladi. Yuzma-yuz majlislar videokonferensiyalar (telekonferensiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Xarid komissiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berish huquqiga ega.
1.6 Ushbu tender hujjatlarida foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
avans to‘lovi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi;
taklifni ta’minlash — buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — davlat xaridlarining sub’ektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadigan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir;
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maxsus axborot portaldagi individual sahifasi;
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — avans to‘lovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yo‘li bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajara oladigan ishtirokchilarni elektron xaridlarga kirishini ta’minlovchi Operatorning tarkibiy bo‘linmasi;
davlat xaridlarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — elektron davlat xaridlari jarayonida davlat xaridlari sub’ektlarining hamkorligini, elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillari o‘tkazilishini ta’minlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui;
elektron davlat xaridlari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakli.
2 Elektron Tender tashkilotchilari
2.1 Tender buyurtmachisi: Sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda – «Buyurtmachi»).
2.2 Buyurtmachining ishtirokchilar bilan bog‘lanish uchun aloqa bog‘lovchi shaxs:
Sport vazirligining Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Odinaev Mansur Maxmudjonovich:
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani,
A.Qodiriy ko‘chasi 2a-uy, tel: Tel.: (99) 919-40-19
2.3 Shartnoma egasi: Sport vazirligi.
2.4 Elektron tender - Sport vazirligining Xarid komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Xarid komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
3 Elektron Tender ishtirokchilari
3.1 Elektron tender ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) elektron tenderda davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
3.2 Ishtirokchi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda foydalanish;
buyurtmachiga yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga muayyan davlat xaridlarining tartib-taomillari, ularni o‘tkazish talablari va shartlari bo‘yicha so‘rovlar berish hamda ulardan tushuntirishlar olish;
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga xarid qilish tartib-taomillari natijalari yuzasidan shikoyat qilish;
qonunchilikka muvofiq takliflarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega.
3.3 Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lishi;
asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi;
g‘olib deb topilgan taqdirda, Buyurtmachi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
3.4 Buyurtmachi bilan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lgan ishtirokchi davlat xaridlari ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
3.5 Ishtirokchi davlat xaridi ijrochisi (g‘olib) deb e’tirof etilgan taqdirda:
Tender savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan ko‘p aksiyalarga (ulushga) haqiqatdan nazorat qilishga ega bo‘lgan o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi axborotlarni oshkor qilishlari;
o‘zlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender savdolari yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib borishga majbur.
4 Elektron Tenderga kiritish
4.1 Ishtirokchilar HKKPdagi shaxsiy hisob varaqlariga avans to‘lovlarini kiritganlaridan so‘ng elektron Tenderga qo‘yiladi.
4.2 Buyurtmachi va ishtirokchilar elektron xaridlardagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolaridan (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) foydalangan holda amalga oshiradi. Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ERI kalitisiz o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali elektron davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tadilar va tijorat takliflarini yuboradilar.
4.3 “Elektron tizim avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:
- davlat buyurtmachisi va ishtirokchiga kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha elektron davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
- elektron davlat xaridlarini o‘tkazish;
- ishtirokchilarni aniqlash va shartnomani shakllantirish;
- elektron davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi ma’lumotlar bazalariga integratsiyalashuvi orqali baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasini ta’minlaydi.”
4.4 Ishtirokchilarni xarid jarayonida ishtirok etishi ular tomonidan portaldagi so‘rovnoma-arizani to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishtirokchilarni xaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lganda amalga oshiriladi:
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi; soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxatida qayd etilmaganligi.
Ishtirokchi so‘rovnoma-arizada unga nisbatan qo‘llanilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi hamda soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Ishtirokchi so‘rovnoma-arizani to‘ldirgandan so‘ng, elektron tizim Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxati ma’lumotlarini tekshirib, unda ishtirokchi to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini aniqlaydi.
Operator:
buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaxsiy hisobraqamlar ochadi;
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etadi.
5 Tenderda ishtirok etish va taklif ta’minotini taqdim etish tartibi
5.1 Takliflarni taqdim etish muddati tugagunga qadar tender ishtirokchisining kelishilgan muddat davrida o‘z taklifini qaytarib olmasligiga kafolat beruvchi
tender boshlang‘ich narxining 5 % miqdorida pul zakalatini kiritadi.
Ishtirokchining pul zakalatini taqdim etishi va qaytarib olish tartibi elektron davlat xaridlari tartib-taomillarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
*Ishtirokchi savdolarni o‘tkazish vaqtida qatnashishdan bosh tortgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Buyurmachi tomonidan operatorga taqdim etilgan ma’lumotga asosan, zakalat summasi buyurtmachining hisob raqamiga operator tomonidan yuboriladi.
5.2 Elektron tenderda ishtirok etish uchun ishtirokchi:
- https://etender.uzex.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tadi va ro‘yxatdan o‘tish sahifasida kerakli bo‘limlarni (mijoz turi, shaxsiy ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari) to‘ldiradi. «Yakka tartibdagi tadbirkor» va «Rezident» tizimda faqatgina elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanib ro‘yxatdan o‘tish mumkin;
- ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugagandan so‘ng, HKKPda ishtirokchi uchun shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Ishtirokchilar ularning HKKPdagi hisob raqamlarida avans to‘lovining yetarli miqdori mavjud bo‘lgan taqdirdagina elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar;
- tender shartlari bilan batafsil tanishgandan so‘ng ishtirokchi elektron Tenderda ishtirok etish uchun ariza beradi va «Umumiy ma’lumot» sahifasida, «Mahsulotlar va buyumlar», «Talablar» bo‘limlarida zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.
Talablar bo‘limida ma’lumot kiritish jarayonida ishtirokchidan biror bir talab bo‘yicha tasdiqlovchi hujjat so‘ralgan bo‘lsa, hujjatni fayl ko‘rinishida yuklash zarur.
5.3 Ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan g‘olib aniqlangunga qadar band qilib qo‘yiladi. Elektron tender tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qo‘yiladi. Bunda g‘olib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi va mazkur mablag‘lar operator tomonidan davlat buyurtmachilarining tegishli hisobvarag‘iga (budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvarag‘iga) o‘tkazib beriladi.
5.4 Buyurtmachi tender shartlariga muvofiq qabul qilgan ta’minot summasi yoki ta’minotiga oid boshqa hujjatlar quyidagi holatlardan biri ro‘y bergan taqdirda, ishtirokchiga yoki ijrochiga bir ish kuni davomida qaytarilishini ta’minlaydi:
taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;
shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi (agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa);
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi.
5.5 Operator elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan so‘ng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi.
Operatorning vositachilik yig‘imi ishtirokchining avans to‘lovlaridan ushlab qolinadi.
Ishtirokchilarning bandi bekor qilingan pul mablag‘lari, ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans to‘lovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat ko‘rsatadigan banklardagi ularning hisob raqamlariga qaytariladi.
6 Tender takliflarini baholash tartibi
6.1 Elektron tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan hujjatlar uning tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan elektron maydonlar to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarni ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
6.2 Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tender taklifining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;
ishtirokchining malaka hujjatlari (tender hujjatlari talablarga muvofiq) topshirilgan baholash;
tender taklifining texnik qismini baholash;
tender taklifining narx qismini baholash.
Bunda elektron tizim tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.
6.3 Elektron tender ishtirokchilari tomonidan tuzilgan hujjatlar ro‘yxati ushbu yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan.
6.4 Tender takliflarini baholash va tender g‘olibini aniqlash tender hujjatlari belgilangan ketma-ketlik, tartib, mezonlar va uslublar asosida amalga oshiriladi.
6.5 Ishtirokchi quyidagi hollarda tenderda ishtirok etishdan chetlashtiriladi:
- u to‘g‘risida Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxatida qayd mavjud bo‘lsa;
- unda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
- o‘ziga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari joriy etilgan bo‘lsa;
- ishtirokchi xarid qilish hujjatlarining malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
- ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
- ishtirokchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa, shuningdek affillanganlik hollari aniqlansa;
- ishtirokchi tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha arizani taqdim etmagan bo‘lsa;
- ishtirokchi shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lmasa;
- ishtirokchi joriy buyurtmachi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni ijro etmagan yoki lozim darajada ijro etmagan bo‘lsa;
- ishtirokchi imtiyozli soliq rejimidagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ma’lumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlarda (offshor hududlar) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki mazkur hududlarda bank hisobraqamlari ochgan bo‘lsa;
- ishtirokchi barcha zarur hujjatlar to‘plamini belgilangan muddatda taqdim etmasa yoki o‘z vaqtida taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tender hujjatlari talablariga javob bermasa;
- ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi axborotning ishonchsiz ekanligi aniqlangan taqdirda.
- tender e’lon qilingunga qadar ta’sis etilganiga 6 oy bo‘lmagan bo‘lsa;
- bank kafolatini taqdim qilmagan va/yoki hujjatlarni topshirishning oxirgi sanasiga qadar belgilangan miqdorlarda zakalat summasini o‘tkazmagan bo‘lsa;
- taklif qilinayotgan mahsulotning namunasi o‘z vaqtida taqdim qilmagan (tender Ishtirokchisi tomonidan tender taklifiga mos bo‘lgan mahsulot namunasini topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi asos bo‘lib hisoblanadi);
- muassislari bitta yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lgan ishtirokchilar.
Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qaror va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari haqidagi bayonnomaga (hisobotga) kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
6.6 Agar tender taklifi Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tender taklifi tender hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha xarid komissiyasi topshirig‘iga asosan ishchi va ekspert guruhlarning xulosalari komissiyaning ma’sul kotibi tomonidan joylashtiriladi va komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
6.7 Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasi elektron tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
Tushuntirish berish jarayonida berilgan taklif va narx bo‘yicha o‘zgartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.8 Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n besh ish kunidan oshishi mumkin emas.
7 Elektron Tenderda ishtirok etish uchun taklif berish
7.1 Tenderda ishtirok etish uchun taklif davlat tilida va zaruriyatga qarab boshqa tillarda tayyorlanadi.
7.2 Tender ishtirokchilari tender bo‘yicha elektron takliflarni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tender taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
7.3 Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin*.
Ishtirokchilar tender taklifi topshirgan loti bo‘yicha har bir mahsulotning 1 (bir) donadan namunasini topshirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etadilar 7-shaklga muvofiq.
Tender ishtirokchisi taqdim qilgan mahsulot namunasi davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingan sana, vaqti, miqdori ko‘rsatilgan holda hamda qabul qilayotgan va topshirayotgan shaxsning imzosi bilan namunalarni qabul qilish jurnalida qayd qilingan holda qabul qilish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Qabul qilingan mahsulot namunasi ekspert guruhlari tomonidan baholanadi. Namunalar buyurtmachi tomonidan tender takliflari qabul qilinishining oxirgi kuni va belgilangan vaqtiga qadar hamda ish vaqtlarida 9:00dan-18:00gacha (shanba va yakshanba kunlari hamda tushlik vaqtidan tashqari) qabul qilinadi. Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 2a-uy.
Tender savdolarida g‘olib bo‘lmagan tender ishtirokchilari g‘oliblar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng 5 kun mobaynida taklif qilinayotgan mahsulotlarning namunasini olib ketishlari shart. Ushbu muddat tugagandan so‘ng tender ishtirokchilari tomonidan talab qilib olinmagan namunasi belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
Tender g‘oliblari mahsulotlarni yetkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘z majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar avval berilgan mahsulotlar namunasini qoldiradi. Yetkazib berish shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng tender g‘olibi (Ijrochi) 5 kun mobaynida mahsulot namunasini olib ketishga haqli.
* 5 kun mobaynida olib ketilmagan mahsulot namunalari o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
* Ishtirokchilarning tender takliflari elektron tizimda shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
7.4 Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tender ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
7.5 Elektron tender ishtirokchisi:
- bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli
- taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi;
- Tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
7.6 Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda elektron tizim tender takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi.
7.7 Ishtirokchining texnik taklifi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim:
Ishtirokchining texnik taklifi 2-ilovada keltirilgan hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim
7.8 Ishtirokchining narx taklifi elektron tizimning tegishli bo‘limiga kiritiladi.
8 Tender takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish
8.1 Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
8.2 Buyurtmachi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Tovarning (ishning, xizmatning) nomini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat kamida o‘n ish kuniga uzaytiriladi. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
9 Elektron Tender natijalarini sarhisob qilish
9.1 Tender takliflarini baholashda ball usulidan foydalaniladi. Bunda tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib sifatida aniqlanadi.
Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9.2 Quyidagi hollarda tender o‘tkazilmagan deb topiladi:
- agar tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa;
- agar xarid komissiyasi malakaviy va texnik baholash bosqichida barcha takliflarni rad etgan bo‘lsa yoki faqat bitta taklif tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa.
Bunday holatda buyurtmachi tenderni ayni o‘sha shartlarda hamda mahsulotga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
9.3 Xarid komissiyasi a’zolari elektron tizimda avtomatik ravishda shakllangan yig‘ilishning elektron bayonnomalarini ERIdan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma elektron tizimda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
9.4 Elektron tenderning istalgan ishtirokchisi tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng Buyurtmachiga elektron tender natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida elektron tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
10 Boshqa shartlar
10.1 Tender g‘olibi tuzilayotgan shartnomaning umumiy summasining 5% miqdorida shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatini taqdim etadi.
10.2 Elektron tender ishtirokchisi tender hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tender takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin so‘rov yuborishga haqli.
Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida Buyurtmachi, agar ushbu so‘rov Buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlarni yuboradi. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
10.3 Elektron tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
10.4 Buyurtmachi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda Buyurtmachi bunday qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida elektron tizim orqali maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
11 Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish
11.1 Elektron tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender hujjatlarida va tender g‘olibi taklifida ko‘rsatilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 10 ish kunlik muddatdan kechiktirmasdan elektron hujjat shaklida tuziladi. Shartnoma tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi va Shartnomalarning yagona reestriga kiritiladi.
11.2 G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib, g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda shartnoma tuzadi (agar zaxira g‘olibi tomonidan taklif qilingan narx g‘olib taklif qilgan narxdan past bo‘lmasa) yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, Buyurtmachi yangi tender o‘tkazadi.
1 Umumiy qoidalar. 1.1 Ushbu Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-684-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2 Tender predmeti: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining yuqori darajada tashkil etish hamda g‘olib va sovrindorlarning munosib rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish.
1.3 Tender o‘tkazish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 11 apreldagi
PQ–201-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2024 yil
14 fevraldagi 01/216-A/F-sonli buyrug‘i
1.4 Tenderning boshlang‘ich narxi:
21 695 126 174,1 QQS siz
24 298 541 315,0 QQS bilan:
Tender taklifida ko‘rsatilgan narxlar boshlang‘ich narxdan oshmasligi kerak.
1.5 Xarid komissiyasining majlislari xarid komissiyasi a’zolari hozirligida yuzma-yuz o‘tkaziladi. Yuzma-yuz majlislar videokonferensiyalar (telekonferensiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Xarid komissiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berish huquqiga ega.
1.6 Ushbu tender hujjatlarida foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
avans to‘lovi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan moliyaviy mablag‘lar summasi;
taklifni ta’minlash — buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — davlat xaridlarining sub’ektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadigan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir;
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maxsus axborot portaldagi individual sahifasi;
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — avans to‘lovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yo‘li bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajara oladigan ishtirokchilarni elektron xaridlarga kirishini ta’minlovchi Operatorning tarkibiy bo‘linmasi;
davlat xaridlarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — elektron davlat xaridlari jarayonida davlat xaridlari sub’ektlarining hamkorligini, elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillari o‘tkazilishini ta’minlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui;
elektron davlat xaridlari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakli.
1.7 Tender oid qo‘shimcha ma’lumotlar:
- Tender - elektron va ochiq shaklda o‘tkaziladi.
- Tender Sport vazirligining Xarid komissiyasi tomonidan (Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 2a-uy, tel: Tel.: (71) 239-24-55) davlat xaridlari elektron tizimida https://etender.uzex.uz orqali o‘tkaziladi;
- Tender ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan har qanday hujjat va ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va ushbu tenderga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga oshkor etilmaydi;
- Xarid komissiyasi taqdim etilgan takliflarni va o‘tkazilayotgan tender doirasida tuzilgan boshqa hujjatlarning maxfiyligini kafolatlaydi;
- Tender takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor etilishi mumkin emas;
2 Elektron Tender tashkilotchilari 2.1 Tender buyurtmachisi: Sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda – «Buyurtmachi»).
2.2 Buyurtmachining ishtirokchilar bilan bog‘lanish uchun aloqa bog‘lovchi shaxs:
Sport vazirligining Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Halimov Furqat Eminjonovich:
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani,
A.Qodiriy ko‘chasi 2a-uy, tel: Tel.: (71) 239-24-55
2.3 Shartnoma egasi: Sport vazirligi.
2.4 Elektron tender - Sport vazirligining Xarid komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Xarid komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
3 Elektron Tender ishtirokchilari 3.1 Elektron tender ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) elektron tenderda davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
3.2 Ishtirokchi:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda foydalanish;
buyurtmachiga yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga muayyan davlat xaridlarining tartib-taomillari, ularni o‘tkazish talablari va shartlari bo‘yicha so‘rovlar berish hamda ulardan tushuntirishlar olish;
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga xarid qilish tartib-taomillari natijalari yuzasidan shikoyat qilish;
qonunchilikka muvofiq takliflarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega.
3.3 Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lishi;
asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi;
g‘olib deb topilgan taqdirda, Buyurtmachi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
3.4 Buyurtmachi bilan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lgan ishtirokchi davlat xaridlari ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
3.5 Ishtirokchi davlat xaridi ijrochisi (g‘olib) deb e’tirof etilgan taqdirda:
Tender savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan ko‘p aksiyalarga (ulushga) haqiqatdan nazorat qilishga ega bo‘lgan o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi axborotlarni oshkor qilishlari;
o‘zlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender savdolari yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib borishga majbur.
4 Elektron Tenderga kiritish 4.1 Ishtirokchilar HKKPdagi shaxsiy hisob varaqlariga avans to‘lovlarini kiritganlaridan so‘ng elektron Tenderga qo‘yiladi.
4.2 Buyurtmachi va ishtirokchilar elektron xaridlardagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolaridan (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) foydalangan holda amalga oshiradi. Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ERI kalitisiz o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali elektron davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tadilar va tijorat takliflarini yuboradilar.
4.3 “Elektron tizim avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:
- davlat buyurtmachisi va ishtirokchiga kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot bo‘yicha elektron davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
- elektron davlat xaridlarini o‘tkazish;
- ishtirokchilarni aniqlash va shartnomani shakllantirish;
- elektron davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi ma’lumotlar bazalariga integratsiyalashuvi orqali baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasini ta’minlaydi.”
4.4 Ishtirokchilarni xarid jarayonida ishtirok etishi ular tomonidan portaldagi so‘rovnoma-arizani to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishtirokchilarni xaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lganda amalga oshiriladi:
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi; soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxatida qayd etilmaganligi.
Ishtirokchi so‘rovnoma-arizada unga nisbatan qo‘llanilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi hamda soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Ishtirokchi so‘rovnoma-arizani to‘ldirgandan so‘ng, elektron tizim Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxati ma’lumotlarini tekshirib, unda ishtirokchi to‘g‘risida yozuv mavjud emasligini aniqlaydi.
Operator:
buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaxsiy hisobraqamlar ochadi;
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etadi.
5 Tenderda ishtirok etish va taklif ta’minotini taqdim etish tartibi 5.1
Takliflarni taqdim etish muddati tugagunga qadar tender ishtirokchisining kelishilgan muddat davrida o‘z taklifini qaytarib olmasligiga kafolat beruvchi
tender boshlang‘ich narxining 3 % miqdorida pul zakalatini kiritadi.
Ishtirokchining pul zakalatini taqdim etishi va qaytarib olish tartibi elektron davlat xaridlari tartib-taomillarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
*Ishtirokchi savdolarni o‘tkazish vaqtida qatnashishdan bosh tortgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Buyurmachi tomonidan operatorga taqdim etilgan ma’lumotga asosan, zakalat summasi buyurtmachining hisob raqamiga operator tomonidan yuboriladi.
5.2 Elektron tenderda ishtirok etish uchun ishtirokchi:
- https://etender.uzex.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tadi va ro‘yxatdan o‘tish sahifasida kerakli bo‘limlarni (mijoz turi, shaxsiy ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari) to‘ldiradi.
- ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugagandan so‘ng, HKKPda ishtirokchi uchun shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Ishtirokchilar ularning HKKPdagi hisob raqamlarida avans to‘lovining yetarli miqdori mavjud bo‘lgan taqdirdagina elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar;
- tender shartlari bilan batafsil tanishgandan so‘ng ishtirokchi elektron Tenderda ishtirok etish uchun ariza beradi va «Umumiy ma’lumot» sahifasida, «Mahsulotlar va buyumlar», «Talablar» bo‘limlarida zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.
Talablar bo‘limida ma’lumot kiritish jarayonida ishtirokchidan biror bir talab bo‘yicha tasdiqlovchi hujjat so‘ralgan bo‘lsa, hujjatni fayl ko‘rinishida yuklash zarur.
5.3 Ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan g‘olib aniqlangunga qadar band qilib qo‘yiladi. Elektron tender tender g‘olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qo‘yiladi. Bunda g‘olib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi va mazkur mablag‘lar operator tomonidan davlat buyurtmachilarining tegishli hisobvarag‘iga (budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvarag‘iga) o‘tkazib beriladi.
5.4 Buyurtmachi tender shartlariga muvofiq qabul qilgan ta’minot summasi yoki ta’minotiga oid boshqa hujjatlar quyidagi holatlardan biri ro‘y bergan taqdirda, ishtirokchiga yoki ijrochiga bir ish kuni davomida qaytarilishini ta’minlaydi:
taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;
shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi (agar bunday ta’minlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa);
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi.
5.5 Operator elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan so‘ng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi.
Operatorning vositachilik yig‘imi ishtirokchining avans to‘lovlaridan ushlab qolinadi.
Ishtirokchilarning bandi bekor qilingan pul mablag‘lari, ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans to‘lovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat ko‘rsatadigan banklardagi ularning hisob raqamlariga qaytariladi.
6 Tender takliflarini baholash tartibi 6.1 Elektron tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan hujjatlar uning tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlariga mos bo‘lishi hamda elektron tizimdagi to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan elektron maydonlar to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narxni boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilmagan maydonlar mavjud bo‘lsa yoki biriktirilgan fayllar to‘liq bo‘lmasa, elektron tizim rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarni ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
6.2 Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tender taklifining tender hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;
ishtirokchining malaka hujjatlari (tender hujjatlari talablarga muvofiq) topshirilgan baholash;
tender taklifining texnik qismini baholash;
tender taklifining narx qismini baholash.
Bunda elektron tizim tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.
6.3 Elektron tender ishtirokchilari tomonidan tuzilgan hujjatlar ro‘yxati ushbu yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan.
6.4 Tender takliflarini baholash va tender g‘olibini aniqlash tender hujjatlari belgilangan ketma-ketlik, tartib, mezonlar va uslublar asosida amalga oshiriladi.
6.5 Ishtirokchi quyidagi hollarda tenderda ishtirok etishdan chetlashtiriladi:
- u to‘g‘risida Insofsiz ijrochilarning yagona ro‘yxatida qayd mavjud bo‘lsa;
- unda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
- o‘ziga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari joriy etilgan bo‘lsa;
- ishtirokchi xarid qilish hujjatlarining malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
- ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
- ishtirokchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa, shuningdek affillanganlik hollari aniqlansa;
- ishtirokchi tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha arizani taqdim etmagan bo‘lsa;
- ishtirokchi shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lmasa;
- ishtirokchi joriy buyurtmachi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni ijro etmagan yoki lozim darajada ijro etmagan bo‘lsa;
- ishtirokchi imtiyozli soliq rejimidagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ma’lumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlarda (offshor hududlar) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki mazkur hududlarda bank hisobraqamlari ochgan bo‘lsa;
- ishtirokchi barcha zarur hujjatlar to‘plamini belgilangan muddatda taqdim etmasa yoki o‘z vaqtida taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tender hujjatlari talablariga javob bermasa;
- ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi axborotning ishonchsiz ekanligi aniqlangan taqdirda.
- tender e’lon qilingunga qadar ta’sis etilganiga 6 oy bo‘lmagan bo‘lsa;
- bank kafolatini taqdim qilmagan va/yoki hujjatlarni topshirishning oxirgi sanasiga qadar belgilangan miqdorlarda zakalat summasini o‘tkazmagan bo‘lsa;
- taklif qilinayotgan mahsulotning namunasi o‘z vaqtida taqdim qilmagan (tender Ishtirokchisi tomonidan tender taklifiga mos bo‘lgan mahsulot namunasini topshirilganligini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi asos bo‘lib hisoblanadi);
- muassislari bitta yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lgan ishtirokchilar.
Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qaror va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari haqidagi bayonnomaga (hisobotga) kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
6.6 Agar tender taklifi Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tender taklifi tender hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha xarid komissiyasi topshirig‘iga asosan ishchi va ekspert guruhlarning xulosalari komissiyaning ma’sul kotibi tomonidan joylashtiriladi va komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
6.7 Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasi elektron tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar so‘rashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda o‘tkaziladi.
Tushuntirish berish jarayonida berilgan taklif va narx bo‘yicha o‘zgartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.8 Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qiriq besh ish kunidan oshishi mumkin emas.
7 Elektron Tenderda ishtirok etish uchun taklif berish
7.1 Tenderda ishtirok etish uchun taklif davlat tilida va zaruriyatga qarab boshqa tillarda tayyorlanadi.
7.2 Tender ishtirokchilari tender bo‘yicha elektron takliflarni o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tender taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
7.3 Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin*.
Ishtirokchilar tender taklifi topshirgan loti bo‘yicha har bir mahsulotning 1 (bir) donadan namunasini topshirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etadilar 7-shaklga muvofiq.
Tender ishtirokchisi taqdim qilgan mahsulot namunasi davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingan sana, vaqti, miqdori ko‘rsatilgan holda hamda qabul qilayotgan va topshirayotgan shaxsning imzosi bilan namunalarni qabul qilish jurnalida qayd qilingan holda qabul qilish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Qabul qilingan mahsulot namunasi ekspert guruhlari tomonidan baholanadi. Namunalar buyurtmachi tomonidan tender takliflari qabul qilinishining oxirgi kuni va belgilangan vaqtiga qadar hamda ish vaqtlarida 9:00dan-18:00gacha (shanba va yakshanba kunlari hamda tushlik vaqtidan tashqari) qabul qilinadi. Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 2a-uy.
Tender savdolarida g‘olib bo‘lmagan tender ishtirokchilari g‘oliblar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng 5 kun mobaynida taklif qilinayotgan mahsulotlarning namunasini olib ketishlari shart. Ushbu muddat tugagandan so‘ng tender ishtirokchilari tomonidan talab qilib olinmagan namunasi belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
Tender g‘oliblari mahsulotlarni yetkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘z majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar avval berilgan mahsulotlar namunasini qoldiradi. Yetkazib berish shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng tender g‘olibi (Ijrochi) 5 kun mobaynida mahsulot namunasini olib ketishga haqli.
* 5 kun mobaynida olib ketilmagan mahsulot namunalari o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
* Ishtirokchilarning tender takliflari elektron tizimda shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.
7.4 Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tender ishtirokchilari, shu jumladan xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
7.5 Elektron tender ishtirokchisi:
- bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli
- taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi;
- Tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
7.6 Joylashtirilgan e’londa ko‘rsatilgan muddat va vaqtda elektron tizim tender takliflarini qabul qilishni to‘xtatadi.
7.7 Ishtirokchining texnik taklifi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim:
1. Texnik taklif va mazkur yo‘riqnomaga ilova qilingan 6-shaklga muvofiq taklif etilayotgan mahsulot texnik tavsiflarining taqqoslama jadvali;
2. Taklif etilayotgan mahsulotning normativ-texnik hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati. Agar muvofiqlik sertifikatining nusxasi taqdim etilsa, tegishli organning asl muhri yoki asl nusxasiga ega bo‘luvchi korxonaning muhri bilan tasdiqlanadi. Agar ushbu mahsulot majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilmasa, ishtirokchi mahsulot majburiy sertifikatlanadigan ro‘yxatiga kiritilmasligi to‘g‘risida tegishli hujjatni taqdim etishi kerak (vakolatli organning ekspert xulosasi va boshqalar). Shuningdek, mazkur lotda ko‘rsatilgan mahsulotlar majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardan biron birining muvofiqlik sertifikati taqdim etilmagan taqdirda, ishtirokchi butun lot uchun diskvalifikatsiya qilinadi.
3. Taklif etilayotgan mahsulotning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan majburiy sanitariya-gigiena normalari va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologik xulosasi. Agar sanitariya-epidemiologik xulosasining nusxasi taqdim etilsa, tegishli organning asl muhri yoki asl nusxasiga ega bo‘luvchi korxonaning muhri bilan tasdiqlanadi. Agar ushbu mahsulot majburiy sanitariya-epidemiologik xulosasi tekshiruvidan o‘tkazilmasa, ishtirokchi mahsulot sanitariya-epidemiologik xulosasi tekshiruvidan o‘tkazilmasligi to‘g‘risida tegishli hujjatni taqdim etishi kerak (vakolatli organning ekspert xulosasi va boshqalar) bo‘lishi lozim. Shuningdek, mazkur lotda ko‘rsatilgan mahsulotlar majburiy sanitariya-gigiena normalari va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologik xulosasi tekshiruvidan o‘tkaziladigan bo‘lib, ulardan biron birining muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologik xulosasi taqdim etilmagan taqdirda, ishtirokchi butun lot uchun diskvalifikatsiya qilinadi.
7.8 Ishtirokchining narx taklifi elektron tizimning tegishli bo‘limiga kiritiladi.
8 Tender takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish 8.1 Zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
8.2 Buyurtmachi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Tovarning (ishning, xizmatning) nomini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat kamida o‘n ish kuniga uzaytiriladi. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
9 Elektron Tender natijalarini sarhisob qilish 9.1 Tender takliflarini baholashda ball usulidan foydalaniladi. Bunda tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib sifatida aniqlanadi.
Tender takliflarini ball usulidan foydalanilgan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir hil ball to‘plagan bo‘lsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Zaxira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9.2 Quyidagi hollarda tender o‘tkazilmagan deb topiladi:
- agar tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa;
- agar xarid komissiyasi malakaviy va texnik baholash bosqichida barcha takliflarni rad etgan bo‘lsa yoki faqat bitta taklif tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa.
Bunday holatda buyurtmachi tenderni ayni o‘sha shartlarda hamda mahsulotga (ishga, xizmatga) doir ayni o‘sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
9.3 Xarid komissiyasi a’zolari elektron tizimda avtomatik ravishda shakllangan yig‘ilishning elektron bayonnomalarini ERIdan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan ko‘chirma elektron tizimda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
9.4 Elektron tenderning istalgan ishtirokchisi tender takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan so‘ng Buyurtmachiga elektron tender natijalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli.
Buyurtmachi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida elektron tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
10 Boshqa shartlar 10.1 Tender g‘olibi tuzilayotgan shartnomaning umumiy summasining 3% miqdorida shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatini taqdim etadi.
10.2 Elektron tender ishtirokchisi tender hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tender takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin so‘rov yuborishga haqli.
Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida Buyurtmachi, agar ushbu so‘rov Buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlarni yuboradi. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.
10.3 Elektron tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
10.4 Buyurtmachi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda Buyurtmachi bunday qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida elektron tizim orqali maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
11 Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish
11.1 Elektron tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender hujjatlarida va tender g‘olibi taklifida ko‘rsatilgan shartlar asosida g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 10 ish kunlik muddatdan kechiktirmasdan elektron hujjat shaklida tuziladi. Shartnoma tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi va Shartnomalarning yagona reestriga kiritiladi.
11.2 G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib, g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda shartnoma tuzadi (agar zaxira g‘olibi tomonidan taklif qilingan narx g‘olib taklif qilgan narxdan past bo‘lmasa) yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, Buyurtmachi yangi tender o‘tkazadi.
Ishtirokchilar tender hujjati va texnk topshiriqlarda belgilangan tartibda hujjatlarni topshirishlari shart.
Tender hujjati va texnik topshirig‘i ilova qilinadi.
