Xalqaro toifadagi trenerlik sertifikati uchun o'quv-semenar o'tkazildi
2026-05-23 11:45:00 / Yangiliklar

Mazkur talablarni amalga oshirish, shuningdek mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan trenerlarning malaka va amaliy ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida yanada oshirish maqsadida Xalqaro gandbol federatsiyasi, Osiyo gandbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida joriy yilning 22–28 may kunlari Toshkent shahridagi ROPSTTM gandbol zalida xalqaro toifadagi trenerlik sertifikatini berishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar kursi tashkil etilmoqda.
Ushbu o‘quv kursida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarida faoliyat yuritayotgan trenerlar ishtirok etmoqda.
Seminar mashg‘ulotlari Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali xalqaro mutaxassislar — Bahrayn davlatidan doktor Nabel Taxa Huseyn Al-Shexab, Birlashgan Arab Amirliklaridan lektor Ibraxim Isa Muhamed Sabir Alamiri hamda mahalliy ekspert sifatida Ikromov Ulug‘bek Ismailovich ishtirokida olib borilmoqda.
O‘quv kurs doirasida ishtirokchilar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, xalqaro trenerlik standartlari bo‘yicha baholash jarayonlari hamda sertifikatlashtirish ishlari tashkil etiladi.
Mazkur seminar mamlakatimizda gandbol sport turini yanada rivojlantirish, trenerlar salohiyatini oshirish va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
