Sportning Erkin kurash turidan “Jizzax viloyati hokimi olimpiadasi” musobaqasiga start berildi
2026-05-20 15:55:00 / Yangiliklar
Bugun Jizzax shahridagi “Kiber arena” sport majmuasida sportning Erkin kurash turidan “Jizzax viloyati hokimi olimpiadasi” doirasida viloyat bosqichiga start berildi.

Ochilish marosimida MOQ Jizzax viloyat ijrochi direktori A.Axmedov, sport ta'lim muassasalari rahbarlari hamda murabbiylar ishtirok etib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar.
Ochilish marosimidan so'ng, viloyatimizning shahar va tumanlaridan viloyat bosqichida ishtirok etish uchun kelgan sportchilar o'rtasida dastlabki bahslarga start berildi.


