“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2026-05-12 09:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi xizmatlari va yaqindan hamkorligini e’tirof etish maqsadida:
- Korobeynikov Georgiy Valerovich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori;
- Vaxobov Abduxamid – O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi Farg‘ona viloyati ijrochi direktori;
- Qalandarov Muzaffar Iskandarovich – Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i;
- Pulatov Mirzaxidjon Azimovich – Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi Sport infratuzilmasini rivojlantirish va davlat xususiy sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash sho‘basi boshlig‘i;
- Qurbonov Sanjar Sodiqovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha ROSMM direktor o‘rinbosari;
- Safarov Shuxrat Bakirovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha ROSMM treneri;
- Yuldashev Ibraxim Vaxidovich – O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (sport faxriysi) taqdirlansin.
