Jizzaxlik bir guruh sport faxriylari e'tirof etildi
2026-05-06 15:35:00 / Yangiliklar

9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan jizzaxlik bir guruh sport faxriylari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga fidoyi inson bo‘lib shakllanishida o‘zining beminnat xizmati hamda yoshlarni sportga jalb etishda qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylar kengashining "O‘zbekiston sport faxriysi" ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nozimjon Usmonov, Faxriylar kengashi raisi O'ktam Xoshimov hamda sport faxriylari o'z nutqida erishilgan natijalar hamda sportchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida aytib o'tdilar.
“Uch avlod uchrashuvi”da keksa avlod vakillari yoshlarga sportdagi faoliyatlari haqida soʻzlab, bugun Davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan e’tiborni e’tirof etdilar.



