Samarqand "CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026" musobaqasi yakunlandi
2026-04-15 15:00:00 / Yangiliklar
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026 xalqaro musobaqasi yakunlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari H.Tuxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J.Nurmanov ishtirok etib, g‘olib jamoalarni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Samarqandda yana bir bor yirik sport tadbiri yuksak saviyada tashkil etilgani eʼtirof etildi.
Yakuniy natijalar:
Ayollar o‘rtasida:
SamDU (UZB)
BuxDU (UZB)
Turkmaniston (TKM)
Erkaklar o‘rtasida:
Turkmaniston (TKM)
SamDPI (UZB)
XIU (UZB)
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.









