CAFA U-17 Championship 2026 Toshkentda bo‘lib o‘tadi
2026-04-12 17:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 4–14– aprel kunlari Milliy futbol markazida CAFA U-17 Championship 2026 turniri o‘tkaziladi.

Turnirda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalari ishtirok etiadi. CAFA U-17 Chempionati yosh futbolchilarni rivojlantirish, ularni mintaqaviy va jahon miqyosidagi musobaqalarga tayyorlash, shuningdek, markaziy osiyolik eng yaxshi yosh iste’dodlarni namoyish etish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot uchun: Ushbu musobaqada Ayder Kurbayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etadi.
