Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkaziladi
2026-04-08 09:00:00 / Matbuot anjumanlari

Sizlarni joriy yil 16-aprel kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”ga taklif qilamiz.
Mazkur uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sizlarning taklif va tashabbuslaringiz eshitiladi. Shuningdek:
- Sport sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar,
- Istiqboldagi rejalar,
- Dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Barcha faol, tashabbuskor va kelajagimizga befarq bo‘lmagan yoshlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
