Zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi
2026-03-25 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–75-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyaning kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar:
- birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 10 (o‘n) million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi;
- ikkinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 30 (o‘ttiz) million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi;
- uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 50 (ellik) million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun mudofaa vaziri kubogi bilan taqdirlanadi.
