"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumining ochilish marosimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-02-17 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun Sport vazirligida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumining ochilish marosimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova va hamkor vazirlik va idoralarning mutasaddilari ishtirok etishdi.
Dastlab, "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining joriy yilgi mavsumidan o‘rin olgan sport turlari, yosh toifalari hamda o‘zgarishlar borasida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining joriy yilgi mavsumining ochilish marosimiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Ochilish marosimida har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni ko‘zdan kechirish, bu borada ishlarni mas’uliyat bilan tashkil etish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.









