Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
2026-01-14 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida Qurolli Kuchlarimizning harbiy qudratini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqaruv va ta’minot tizimi takomillashtirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida modernizatsiya qilinmoqda, qo‘shinlarimizning jangovar saflari yangicha ta’lim va tarbiya olgan malakali ofitser va serjantlar bilan to‘ldirilmoqda.
Quvonarlisi, Milliy armiyamiz safida xizmat qilayotgan sportchilarimiz ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Sport vaziri tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning irodasini mustahkamlashda sportning ahamiyati yuqori ekanligi va bu ushbu yo‘nalishdi ishtirni tizimli ravishda davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishidagi jonkuyarligi hamda ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki inobatga olingan holda Sport vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlarning bir guruh xodimlari Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni (bundan buyon matnda ko‘krak nishoni deb yuritildi) bilan taqdirlandi.
Akramov Jasur Anvarovich - Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori;
Aralbayeva Bibijan Kuralbayevna - Sport vazirligi Axborot xizmati bosh mutaxassisi;
Qulmanov Abdivahob Abdisattorovich - Sport vazirligi Ijro intizomi bo‘lim bosh mutaxassisi;
Maksumov Zaxiriddin Xokimxon o‘g‘li - Sport vazirligi Professional sport ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
Mitanov Malik Quchqorovich - Sport vazirligi Moliya-iqtisod bo‘limi bosh mutaxassisi;
Ikromov Muxiddin Murodovich - Sport vazirligi Ishlar bo‘limi bosh mutaxassisi;
Yoldashov Shavkat Sabirboevich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarma boshlig‘i;
Mirzayev Abdig‘ulom Usanovich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Iqtisod-moliya va xo‘jalik ishlari departamenti boshlig‘i;
Djumanov Tahir Sattorovich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyi va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi direktori;
Mirjamalov Mehriddin Xayriddinovich - Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti direktori;
Odilov Baxodir Abdujalol o‘g‘li - Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i;
Tantanali tadbir davomida yangragan vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.









