Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi
2024-11-11 14:25:00 / Yangiliklar
Xalqaro press-klub sessiyasidan so‘ng, Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarlari va xodimlari, milliy madaniy markazlar, diniy konfessiya vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.






