Soha rahbarlari tomonidan mehmonxonalardagi sharoitlar o'rganildi
2024-06-03 16:45:00 / Yangiliklar

Mehmonxonalardagi xizmat koʻrsatish sifati, oshxona holati, tibbiyot markazi faoliyati, xonalar sigʻimi va ozodaligi koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, foyelar kengligi, liftlarning ishlashi, xonalarda istiqomat uchun hozirlangan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Ishchi guruhi va mehmonxonalar masʼullariga ziyoratchilarga munosib xizmat koʻrsatish, barcha ehtiyojlarini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tanishish chogʻida mazkur mehmonxonalarda istiqomat qilayotgan ziyoratchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularning haj ibodatiga tayyorgarliklari, taqdim etilayotgan shart-sharoitlar borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Ziyoratchilarimiz berilayotgan eʼtibordan minnatdor ekanlarini izhor qilib, ulamolarning haj oldi ilmiy-maʼrifiy uchrashuvlari juda foydali boʻlayotgani, mehmonxonadagi sharoitlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar yuqori darajada ekanini bildirdilar. Mana shunday ehtirom va gʻamxoʻrlik uchun boʻlgʻusi hojilar muhtaram Prezidentimiz boshchiligidagi barcha mutasaddilarga tashakkurlar aytib, ezgu tilak va xayrli duolar qildilar.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati








