HUQUQIY SAVODXONLIK OYLIGI
2026-01-31 14:25:00 / Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan "Fevral - Huquqiy savodxonlik oyligi" deb e’lon qilinadi.
Mazkur oylik davomida Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida diniy-ma’rifiy sohaga oid huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan videorolik, infografika, audio va video podkastlar, maqola hamda mavzuga aloqador yangiliklar berib boriladi.
Xususan:
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun; (https://lex.uz/docs/-5491534)
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi; (https://lex.uz/docs/-7404923)
"Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmon; (https://lex.uz/uz/docs/-7486257)
shu bilan birga, sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa yangiliklar taqdim etiladi.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
