"Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish" o‘nkunligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2025-12-02 14:55:00 / Yangiliklar

Bugun, 2-dekabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi doirasida “Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari M.Qahhorova ishtirok etib, nutq so'zladi.
Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat.
Tadbir uchun tanlangan mavzularni keng va atroflicha yoritib berish uchun ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-maʼrifiy sohada oʻz sohasining yetakchi ekspertlari ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar berildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati






