“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
2025-10-31 12:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jabhalarida faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday islohotlarning natijasi o‘laroq yurtimizda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazilayotgani ham hech kimga sir emas.
Tanlovning asosiy maqsadi har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va targ‘ib qilish, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Bugun mazkur tanlovning Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, unda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov xotin-qizlarning yurtimiz hayotidagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, ularni samimiy tabrikladi.








