Qarshi shahrida yangi zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishiga start berildi
2025-09-25 11:25:00 / Yangiliklar

Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasida “Marvarid” nomli 16 qavatli zamonaviy turar-joy majmuasi qurilish loyihasiga rasman start berildi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida loyihaning taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarga zamonaviy turar-joy majmuasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
“TXT GROUP” kompaniyasi tomonidan barpo etiladigan mazkur turar-joy majmuasining umumiy qiymati 206 milliard so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida 5 ta blokdan iborat bo‘lgan, zamonaviy talablarga javob beradigan 16 qavatli uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy hisobda 625 ta xonadon aholi ixtiyoriga topshirilishi mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, majmua atrofida aholi uchun qulay infratuzilmalar – dam olish maskanlari, yashil hududlar, bolalar maydonchalari va avtoturargohlar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Qurilish boshlanishidan oldin jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi va ishlarga xayr-baraka tilab duo qilindi.









