18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
2024-11-18 / Voqealar taqvimi

Davlat bayrog‘i millatning birligi, mustaqilligi timsoli sifatida o‘sha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida ifoda etadi. Dunyodagi deyarli barcha mustaqil davlatlar o‘z bayrog‘iga ega. Konstitutsiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan davlat ramzlari: bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deb ta’kidlangan bo‘lib, ushbu moddaning “Davlat suvereniteti” deb nomlangan bobida keltirilishi davlat ramzlarining mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida qanchalik muhim o‘rin tutishini anglatadi.
