Mahalla yetakchilariga sport anjomlari topshirildi
2025-02-28 15:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalari o‘tkazilishi oldidan viloyatdagi barcha mahalla yoshlari yetakchilariga sport anjomlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi.
Viloyat sport boshqarmasi, yoshlar ishlar agentligi boshqarmasi mutasaddilari, shu jumladan yoshlar yetakchilari va mahalla yoshlari ishtirok etgan ushbu tadbir davomida, barcha mahalla yoshlar yetakchilariga "Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi mavsumida foydalanish maqsadida turli sport anjomlari topshirildi.
