Ko‘kdalada yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
2025-01-17 20:45:00 / Yangiliklar

Ko‘kdala tumanining Taloqtepa qishlog‘ida joylashgan 58-maktab uchun yangi, zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. 330 o‘rinli bu muassasa o‘quvchilarga ta’lim olish uchun qulay sharoitlar yaratib, zamonaviy jihozlar va quyosh panellari bilan ta’minlandi.


Ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov mahalliy hokimiyat vakillari, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bu yangi bino ta’lim sifatini oshirish, bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning qulay sharoitda bilim olishlarini hamda kelajagini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
