Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Mirishkor tumanida bo'ldi
2024-12-19 09:05:00 / Yangiliklar

Ushbu qabulda fuqarolar bir qator masalalarda o'z muammolarini bildirgan bo'lsa, viloyat rahbari ham har bir fuqaro bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammolarini imkon qadar joyida hal qilishga harakat qildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, qisqa muddatda amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berdi.



Murotjon Azimov fuqarolarning dardini eshitib, ular bilan ochiq muloqot olib borish, shuningdek, har bir murojaatga e’tibor qaratish Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, hokimlar va tegishli rahbarlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.
Avvalroq, viloyat hokimi tumanning Pomuq shaharchasi aholisi bilan muloqot qilgani xabar qilingan edi.
