Yakkabog‘da dunyo standartlariga javob beradigan “ECO CITY” markaziy bozori ochildi
2024-10-13 18:50:00 / Yangiliklar

Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Natijada yangidan yangi korxonalar, xizmat ko‘rsatish obyektlari, aholimiz uchun qulay bo‘lgan ko‘plab maskanlar tashkil etilmoqda.
Bugun yakkabog‘lik fidoyi tadbirkor Abdunabi G‘iyosov tomonidan qurib bitkazilgan qariyb 40 mlrd so‘mlik “Yakkabog‘ Eko City” savdo majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi.




Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Murotjon Azimov ta’kidlashicha, majmua 600 ta savdo rastalari, 120 dan oshiq savdo do‘konlari, bolalar, yoshlar uchun ko‘ngilochar maskanlarni o‘z ichiga olgan. 700 ta ish o‘rni yaratilgan.
Ochilish marosimida elimiz sevgan san’atkorlar va qiziqchilar ishtirokida konsert dasturi ham tashkil etildi.
