26-DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-26 09:21:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.
