Bolajonlarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
2025-12-25 17:05:00 / Yangiliklar

Barchamizga ma’lumki, yangi yil bayrami yurtimizda yuqori kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan nishonlanadi. Ayniqsa bu bayram bolajonlar uchun bir olam quvonch ulashadi.
Sababi, har yili yurtboshimiz tomonidan alohida parvarish va mehrga muhtoj, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga "Prezident sovg‘asi" topshiriladi.
Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar bolajonlarga mazkur sovg‘alarni ulashdi.
Dastlab viloyat rahbari Qarshi shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan 150 nafar bolalarga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, jarayonlar Qarshi shahridagi Kichik hajmli bolalar uylarida ham davom etdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq viloyatimizga 24 turdagi o‘quv qurollar va 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 1099 dona Prezident sovg‘alari yetib kelgan edi.
Tantanalar hududlarimiz boʻylab davom etadi.








