Murotjon Azimov Qarshi shahridagi ta’lim muassasasida bo‘ldi
2025-12-24 15:45:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahrida joylashgan “Bolalar akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda yoshlarning bilim olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur ta’lim maskani qashqadaryolik yosh tadbirkor Javlon Lutfullayev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u chet elda olgan bilim va tajribasini yurtimiz yoshlari manfaatiga yo‘naltirib kelmoqda. U davlatimiz rahbarining 62-sonli qarori asosida imtiyozli kreditdan foydalangan holda tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga erishgan.
Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasasida 300 nafar yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim olmoqda. Tashrif davomida viloyat hokimi ta’lim sifati, pedagoglar faoliyati bilan qiziqib, muassasa jamoasi bilan muloqot qildi hamda ularning muammo va takliflarini tingladi.









