“Sevinch” 15 karra O‘zbekiston kubogini qo'lga kiritdi
2025-12-08 12:10:00 / Yangiliklar

Qarshi markaziy o‘yingohida Ayollar professional futbol jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi–2025 final bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda sevimli “Sevinch” jamoamiz “Qizilqum-W” jamoasi ustidan 4:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
O'yindan so'ng viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar va vohamiz faxriylari jamoaga tantanali ravishda O‘zbekiston kubogini topshirishdi.
Natijada “Sevinch” jamoasi 15 karra O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lish bilan birga, tugallanayotgan mavsumda O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston kubogi va O‘zbekiston superkubogi sohibi bo‘lib, trebl qayd etdi!









