Qashqadaryolik bir guruh davlat va nodavlat maktab rahbarlari xorijda malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda
2025-12-04 09:55:00 / Yangiliklar

Buyuk Britaniyaning Norvich shahrida o‘tkazilayotgan “ta’limda boshqaruv va XXI asr ko’nikmalari” nomli dasturda viloyatimizdan 11 nafar soha rahbarlari ishtirok etmoqda.
Shu bois Norvich Til Ta’limi Institutida malaka oshirish doirasida “Performance Management” mavzusida darslar o’tkazildi.
Mazkur seminarda o‘qituvchilar va jamoani samarali boshqarish, mehnatni baholash tizimlari, samaradorlikni oshirish strategiyalari hamda jamoada motivatsiyani shakllantirish usullari haqida bilimlar o’rganildi. Jarayonda Angliya ta’lim tizimida boshqaruv va ish yuritish tajribalari ham o’rin oldi.
Tadbir davomida:
• Xodimlarning ish faoliyatini to‘g‘ri baholash metodlari
• Maqsadlarni SMART tamoyili asosida belgilash
• O‘qituvchilar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar
• Muloqot, fikr-mulohaza (feedback) va jamoaviy ishlash bo‘yicha mashg’ulotlar tashkil etildi.
Dastur davom etadi.









