Bugun ham xorijiy kompaniya delegatsiyasi qabul qilindi
2025-12-02 21:25:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov bugun ham xorijiy kompaniya vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qilib, unda o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muloqot o'tkazildi.
Viloyat rahbari tomonidan muloqotda ko'tarilgan masalalarga oid sohalar bo'yicha vohamizning imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berilib, ikki tomonlama hamkorlikning yo'lga qo'yilishi natijasida nafaqat ichki, balki tashqi iqtisodiy samaradorlikka ham erishish mumkinligi ta'kidlandi.
O'z navbatida delegatsiyaga rahbarlik qiluvchi xorijiy kompaniya rahbariyati vakili ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyatda o'rganishlar olib borgan holda birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.





