Peşku tuman fermerlari kengaşi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI
2026-11-18 12:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, ilm-fan yutuqlari va ustoz-şogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş, hosildorlikni ğallaçilikda 100 va undan yuqori sentnergaça yetkaziş borasida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi.
Ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida 2026-yil hosilidan boşlab ğallani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uçun realizatsiya qilgan fermer xöjaliklariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya berilişi yölga qöyildi. Buning natijasida viloyatda 2026-yilda köplab ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklari uşbu imtiyozdan foydalanmoqda.
Yangi Özbekistonimizning 2027-yilgi ulkan ğalla xirmonini omilkor dehqonlar, fermerlar, suvçilar, agronom va mexanizatorlar hamda sohaning fidoiy olimlari, tajribali mutaxassislarning zahmatli mehnatlari evaziga yaratilişini hammamiz his qilib turibmiz.
Qadrli fermerlar!
Sohaning olim va mutaxassislarining tavsiyalariga hamda dehqonlar ta’biri bilan aytganda, “Yil yilga öxşamaydi”, bugungi kunda ğalla maydonlarini parvarişlaşda özgaça agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişni davr şiddati taqoza etmoqda.
Jumladan:Ğallada yuqori va sifatli hosil olişda barça agrotexnik tadbirlarni öz muddat va me’yorlarda, tizimli ravişda bajarişga bevosita boğliqdir. Bunda yerni tayyorlaş, uruğni sifatli ekiş va maysalarni töliq undirib olişdan tortib, ularni ilmga asoslangan yangi intensiv usullarda oziqlantiriş hamda taşqi stress omillaridan işonçli himoya qilişgaça bölgan barça tadbirlar bir-biri bilan çambarças boğlangan yagona texnologik zanjirni taşkil etadi.
Ayniqsa, kuzgi vegetatsiya davrida ğalla maysalarini töğri parvarişlaş ösimlikning jadal ösişi hamda kafolatli möl hosil yaratilişi uçun mustahkam zamin hisoblanadi.
Şu maqsadda, dalangizdagi maysalar 1-2 barg fazasidan boşlab kremniy, bor kislotasi va aspirin kabi mikroöğitlar bilan bargdan oziqlantiriş tavsiya etiladi. Bu mikroöğitlar qöllanilganda nihollar soğlom va baquvvat rivojlanib, qişning sovuqlaridan betalofat çiqadi.
Buning uçun har bir fermer bugundan boşlab, bir gektariga 250 grm dan 500 grammgaça bor kislotasi, 200-300 mlitr kremniy va 500 mlgramm aspirin ösib çiqqan maydonlarga sepsangiz qişda juda yaxşi böladi, hosildorlikni qişi bilan ham sovuqdan saqlaydi hamda bahorda bir vaqtni özida boşoqlaşga kiradi.
Lalmi maydonlarga ğalla ekkan fermerlar tomonidan ham uşbu tadbirni amalga oşirişni tavsiya etamiz.
Buning uçun esa bugundan har bir fermer xöjaligi rahbari öz ğalla dalasida “Zarbdor bir oylik” e’lon qilişi lozim.
Aziz mirişkor dehqon va fermerlar!
Buxoro fermerlari kengaşi rayosati a’zolari, tegişli soha olim va mutaxassislari tomonidan ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga va klasterlarga 2027-yilda har bir gektar ğalladan 100 sentnerdan yuqori hosil oliş uçun “Zarbdor bir oylik” e’lon qilib, quyidagi tadbirlarni amalga oşirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
birinçidan, har bir fermer xöjaligi tomonidan ğalla maydonlarini yana bir bor körib, rivojidan orqada qolayotgan maydonlarni aniqlab oling;
ikkinçidan, qisqa muddatda barça maydonlarga yetarli azotli öğitlar zaxirasini yarating va keçki hamda qoloq ğalla maydonlarini yaxşilaş maqsadida gektariga 100-150 kg fosfor va kaliy öğitlar bilan oziqlantirişni taşkil etib, ğalladan barakali hosil olişga erişing;
Uçinçidan, bir gektariga 250 grammdan 500 grammgaça bor kislotasi hamda 200-300 mlitr kremniy va 500 mlgramm aspirinni ösib çiqqan maydonlarga sepişni taşkil eting;
törtinçidan, lalmi maydonlarda ğalla ekişni joriy yilning 25-noyabriga qadar töliq yakunlang;
beşinçidan, suğorilmagan ğalla maydonlarida öq ariqlar oraliğini 60-70 metrdan oliş va qisqa muddatda yengil suğorişni taşkil eting;
oltinçidan, ğalla maydonida yomğirlatib suğorişni yölga qöyib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablağini oling hamda hosildorlikni har gektariga 10-12 sentnerga oşiring va suvni 35-45 foizga tejang;
yettinçidan, kyeçki va unib çiqmagan ğalla maydonlariga quruq, çirigan mahalliy öğit sepişni taşkil eting, bunda, noyabr – dekabr oylarida 5-10 tonnadan mahalliy öğit mölçalab sepilganda tuproq mikroflorasini uyğotadi, tuproqning issiqlik siğimini oşirib maysa va ildizini sovuqdan asraydi. Eng muhimi, tuproqqa göng solinganda mikro va makro öğitlar hamda biostimulyatorlarni faol özlaştirilişi va samaradorlik yanada yuqori bölişini aslo unutmang;
töqqizinçidan, 10 kun muddatda ğöza qator orasiga ekilgan maydonlarni ğözapoyadan kesiş agregatlari yordamida tozalang, bunda ğözapoyani qölda suğurib olişga yöl qöymang hamda ğöza poyadan bioçar qilib qöşimça daromad oling;
töqqizinçidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, içki va xöjalik ariqlarini tozalang hamda parallel ravişda betonlaştiriş işlarini yakunlang;
öninçidan, har bir fermer xöjaligi boşliği ğallaçilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda işlarni yanada jadallaştirib, ğallaga qöşimça ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oşirib joriy yilda ğalla hosilini gektariga 100 va undan yuqori sentnergaça yetkazib, yuqori daromad olişga erişing.
ön birinçidan, Özbekiston fermerlari kengaşining murojaatnomasida hamda Qişloq xöjaligi vazirligining Boşoqli don ekinlarini mikroelementli öğitlar bilan oziqlantiriş böyiça tavsiyanomasida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga çiqiramiz!
ESLATMA!!!
IŞÇI ERITMANI TAYYORLAŞ TARTIBI
Biostimulyatorlarni bargdan oziqlantirişda asosan dronlardan foydalaniş yaxşi samara beradi.
1. Dron yordamida sepiş uçun işçi eritma tayyorlaş:
3 gektar maydon uçun - 1 kg 200 gram Aspirin 10 litr issiq suvda va 750 gram Bor kukuni 10 litr issiq suvda alohida eritiladi. Dron bakiga avval 5 litr oddiy suv quyilib, keyin Aspirin va Bor eritmalari suzib quyiladi. Ustidan Kremniy qöşilib, umumiy hajm 30 litr bölgunça suv bilan töldiriladi.
2. Ştangali purkagiçlar uçun işçi eritma tayyorlaş:
Bor kislotasi (1 ga/250 gr): kamida 10–15 litr issiq suvda alohida eritib olinadi.
Kremniy (“Sila kremniy” misolida 1 ga /300 gr): 10–15 litr suvda suyultiriladi.
Aspirin (1 ga/400 gr): kamida 10-15 litr issiq suvda (50-60°C) maydalangan holda çökma qolmagunça aralaştirib eritiladi.
Tayyor bölgan eritmalarni OVX va VP purkagiçlar bakiga solib, 3-5 daqiqa aralaştirilib, ğalla maydonlariga sepiladi.
SEPIŞ TEXNOLOGIYASI VA ŞAROITLARI
Ğalla maysalarini bargdan oziqlantirişda asosan dronlarda foydalaniş samarali hisoblanadi. Bunda, oğir texnikalarning dalaga kirişi tuproqni ziçlaştiradi, maysa va ildizlarini şikastlaydi. Şu sababli dronlar yordamida sepiladi.
Dronlar yetişmagan şaroitlarda hamda tuproq namligi 60 foizdan past ğalla maydonlariga ştangali purkagiçlarda işlov beriladi.
Işlov beriş muddati: Şamolsiz kunlarda, havo harorati örtaça 10-12 S sepilganda samarasi yuqori böladi. Işlovdan keyin eritma ğalla maysalariga sörilişini yaxşilaş uçun yengil (1 ga / 450–500 m3. suv bilan) suğorib olinadi.
FOSFORLI ÖĞITLAR TANQISLIGINI BARTARAF ETIŞ.
Kuzgi boşoqli don ekinlarini ekiş uçun yer tayyorlaşda yoki ekiş bilan birga fosforli öğitlar kam berilgan yoki umuman berilmagan ğalla maydonlariga tarkibida fosfor miqdori köp bölgan suyuq holatdagi biostimulyatorlar bilan gektariga kamida 2 litr hisobida (1-2 va 3-4 barg fazasida) havo harorati 12-15 °C bölganda bargdan suspenziya usulida qöllaş zarur. Bu ozuqaning barg orqali 90-95% gaça sörilişini ta’minlab, ildiz rivojlanişini 2 barobar kuçaytiradi.
Aziz fermer va dehqonlar!
Barçangizni yuqoridagi tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişga çorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirişga, ona yurtimiz yanada obod bölişi uçun munosib hissangizni qöşişga hamda “Dolzarb bir oylik”da ğallani öz muddatlarida parvarişlaşga hamda yuqori hosil olişga da’vat etamiz!
Peşku tuman fermerlari kengaşi Rayosat a’zolari
