Kuz-qish mavsumida havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.
2026-11-14 15:40:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

- Faqat belgilangan texnik va xavfsizlik talablariga javob beradigan, sertifikatlangan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola, nostandart va o‘zboshimchalik bilan yasalgan isitish qurilmalarini ishlatmang.
- Isitish qozonlari va pechlarning mo‘rikonlariga plastik quvurlar o‘rnatmang. Mo‘rikonlar tegishli haroratga bardoshli, belgilangan talablarga mos materiallardan bo‘lishi lozim.
- Xonadonlardagi isitish pechlari va isitish qozonlari mo‘rikonlarini muntazam nazorat qiling, ularni qurum va boshqa chiqindilardan o‘z vaqtida tozalab turing.
- Mo‘rikonlarning tortishini tekshiring, ularda yoriqlar, shikastlanishlar yoki tutun chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud emasligiga ishonch hosil qiling.
- Gaz va boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalaniladigan xonalarda yetarli shamollatish tizimi mavjud bo‘lishini ta’minlang.
- Gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang, yonib turgan gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmang.
- Nosoz elektr simlari, rozetkalar, uzaytirgichlar va boshqa elektr jihozlaridan foydalanmang. Elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama bermang.
- Is gazi xavfini erta aniqlash uchun xonadonlarga is gazi detektorlarini o‘rnatishni tavsiya etamiz.
Yodda tuting! Is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, inson hayoti uchun nihoyatda xavflidir. Etiboringiz uchun rahmat!
