Peshku tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli.
2026-09-18 12:45:00 / Yangiliklar
Bugun, 18-sentyabr kuni Peshku tuman hokimi Hamroyev Anvar mahalliy aholi vakillari bilan, ularni qiynab kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan tuman hokimligi binosida tuman aholisi bilan ommaviy qabul o‘tkazdi.

Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, muammo va takliflari mavjud 31 ga yaqin tuman aholisi ishtirok etishdi.
Qabulda tuman fuqarolari tomonidan ijtimoiy yordam, kadastr, tibbiyot sohasi bo'yicha, doimiy ish bilan ta'minlash, gaz va boshqa masalalarda yordam so‘rab murojaat qilindi.
Hech bir murojaat tuman hokimi e’tiboridan chetda qolmadi. Muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.





