Nikohni bekor qilish tartibi, ushbu nizolarni sudda ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida
2026-08-17 14:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘tgan yil jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-qizlar hayotidagi muammolar o‘rganildi. Har bir xonadonga kirib borilib, oilalar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‘rildi. Jumladan, minglab oilada ajrashib ketishning oldi olindi, fuqaro ishga joylashtirilmoqda, yurtdoshlarimizga imtiyozli kredit olishda yordam berilmoqda.
Oila farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim ishlarning bir qismi xolosligi, hali bu borada amalga oshirish zarur bo‘lgan qator dolzarb vazifalar mavjud.
Xotin-qizlarga e’tibor hamma vaqt barcha sa’y-harakatlarimiz markazida bo‘lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Oilaga e’tibor aslida bu o‘zligimizga e’tibordir.
Xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko‘mak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha e’tibor berilmagani ta’kidlandi.
Oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili oshib borgani tashvishlanarlidir. Ajralish holati qayd etilgan oilalar, buning
oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‘rmoqda. Ayollar o‘rtasida
jinoyatga qo‘l urish hollari ko‘p uchramoqda.
Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi.
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organi faoliyatini muvofiqlashtirish tuman hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi
raisi zimmasiga yuklatildi. Bu bilan joylardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari hamda Respublika qo‘mitasining imkoniyati va ta’siri kuchaytirildi.
Onalar va go‘daklar o‘limi qayd etilayotgani, nogiron bolalar tug‘ilayotgani– xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning mutlaqo qoniqarsiz ekanini ko‘rsatmoqda. Har yili
95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan o‘tkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayapti. Shu bois oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida “ayollar maslahatxonalari” tashkil etilishi belgilandi.
Respublika komissiyasi va ishchi guruh tashkil etilib, bu boradagi ishlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi.
Davlat rahbari mamlakatimiz xotin-qizlarining hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, turmush sharoitlarini har tomonlama yaxshilash bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Topshiriqlarga muvofiq, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining barcha bo‘g‘inlaridagi rahbarlar faoliyati tanqidiy o‘rganilib, vazifasiga noloyiq kadrlar o‘zgartirilishi;
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi joriy etilishi;
“Oila” markazi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilishi;
Sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda, ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ularni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi;
Joylardagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari faoliyati tanqidiy o‘rganilib, ularga o‘z vazifasi mohiyatini tushunadigan, adolatli, oilaviy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan, professional kadrlar tayinlanishi;
Ishlash istagi bo‘lgan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, ularning bandligini ta’minlash, ayollarni oilaviy
va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi;
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida har bir mahalla kesimida ish olib boriladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, shuningdek, o‘tgan yili maxsus ro‘yxatdan chiqarilgan diniy oqim a’zosi bo‘lgan ayollarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, ijtimoiy muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilishi;
Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalarga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish, respublika skrining va reproduktiv markazlari xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab berildi.
Oila va nikoh munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Oila
kodeksi bilan tartibga solinadi. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.
Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Peshku tumanlararo sudi raisi I.S.Djurayev
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Peshku tumanlararo sudi sudyasi H.R.Qoryog‘diyev
