Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida
2026-08-17 14:40:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomiga muvofiq korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Tashkilot xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim masalalarini belgilashni nazarda tutadi.

Mazkur hujjatlarning alohida xususiyatlari shundan iboratki,
ularda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tartibotlar va choralar, shuningdek bu borada davlat organlarining ustuvor vazifalari belgilangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish.
2. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda prezidentlik instituti
alohida o‘rin tutmoqda. Shu bois, bugungi kunda davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy tashabbuskori davlatimiz rahbari ekanligi hamda bu boradagi xorijiy tajribadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi vakolatlarini qonun darajasida belgilab
qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zimiz o‘zimizni aldamasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak, men aminman, ko‘zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. Bu borada
men avvalo ko‘p sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga ishonaman.
Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak.
Ko‘zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz. Bu borada avvalo ko‘p sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga ishonaman.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Peshku tumanlararo sudi raisi I.S.Djurayev
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Peshku tumanlararo sudi sudyasi H.R.Qoryog‘diyev
