Peshku tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-24 11:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolar, doimiy ish bilan ta’minlash, tabiiy gaz ta’minoti, infratuzilma va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida tegishli mutasaddilar ishtirokida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi, ularning ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi hamda shaxsiy nazoratga olindi. Har bir murojaatning qonuniy va adolatli yechim topishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Peshku tuman hokimligi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bunday qabullar aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.







